Tilshunoslik tarixi va uning davrlarga bo`lininshi
Tilshunoslik
alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816 yilda)
fanlar olamiga kirib keldi. Shak-shubhasiz, tilshunoslik ham boshqa qator fanlar
kabi tadqiqotlar, tajribalar, izlanishlar, g`oyalar, kuzatishlar natijasi,
«mahsuli» sifatida o`zining alohida o`rganish ob`ektiga va tekshirish metodiga
ega bo`ldi.
Qat`iy aytish mumkinki, jahon
tilshunosligi fani ham shu kungi taraqqiyot bosqichiga etib kelguncha uzoq
tarixiy taraqqiyot davrini, «o`sish» davrini bosib o`tdi. U turli maktablar,
oqimlar, ta`limotlar ta`sirida bo`ldi, olimlar tomonidan lisoniy hodisalar haq
ida aytilgan fikrlar qarama qarshiligiga, til hodisalari haqida yaratilgan juda
ko`plab manbalarga «guvoh bo`ldi», shakllandi. Anig`i, tilshunoslik fani ham
jahon fanlari sistemasida o`ziga xos va o`ziga mos doimiy mustahkam o`rin
egalladi.
Tilshunoslik fanining qadimgi eng muhim
manbalari, ta`limotlari, oqimlari, ilk bor, qadimgi Hindiston, qadimgi
Yunoniston va qadimgi Rim mamlakatlarida maydonga keldi.
O`rta va yangi asrlarda esa til haqidagi
fan Ovrupoda, Arabiston va O`rta Osiyoda
taraqqiy qildi.
Qadimgi hind tilshunosligi. Qadimgi
Hindiston jahon tilshunosligi tarixida tilshunoslik fanining beshigi, markazi
sifatida tan olinadi va umum tomonidan e`tirof etiladi. Bu-mutlaq haqiqat.
Chunki til masalalariga bo`lgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan jiddiy va
puxta shug`ullanish ilk bor Hindistonda - hind olimlari, filologlari tomonidan
boshlab berildi. Ayni jarayonning boshlanishi dastavval sof amaliy ahamiyatga ega bo`ldi. Aniqrog`i,
15 asr ilgari yozilgan qadimgi hind adabiy tili yozuvida - sanskritda
yaratilgan qadimgi hindlarning diniy madhiyalari - Vedalar tili davrlar o`tishi
bilan mamlakat aholisining so`zlashuv tilidan (prakritdan) farqlanib qola
boshladi. Ya`ni qadimgi yozma yodgorliklar tili (yozma nutq) bilan so`zlashuv
tili (jonli nutq) orasida ajralish, nomoslik, «ziddiyat» yuzaga keldi. Ushbu
ziddiyatni, farqlanishni yo`qotish uchun hind olimlari qadimiy yozma
yodgorliklar tilini o`rganishga, tadqiq qilishga, ularni ommaviylashtirishga
jiddiy kirishdilar. Ular qadimgi Hindistonda alohida e`tiborga, hurmatga
sazovor bo`lgan Vedalardagi ma`nosi tushunarli bo`lmagan so`zlarni aniqlab,
ularning ma`nosini izohladilar, sharhladilar. Vedalar tiliga oid maxsus izohli
lug`atlar tuzdilar, matnni fonetik va grammatik jihatdan tahlil qildilar.
Xullas, Vedalar tilidagi so`z va jumlalar ma`nosini, ularning aniq talaffuzini,
shaklini saqlab qolishga bo`lgan qat`iy intilish qadimgi Hindistonda
tilshunoslikning yuzaga kelishiga asosiy sabab bo`ldi.
Hindlar qadimiy davrda eng buyuk
fonetikachi va gram-matikachi sifatida
tanilganlar. Ular fonetika sohasida Yunonlardan ham oldin unli va undosh tovushlarni farq-laganlar, portlovchi va
sirg`aluvchi, jarangli va jarangsiz to-vushlarni, tovush birikmalarini,
bo`g`in, urg`u, intonaciya, cho`-ziqlik va qisqalik kabi fonetik hodisalarni,
jarayonlarni bilganlar. Shular yuzasidan mukammal ma`lumotlar qoldirganlar.
Qadimgi hind tilshunosligida fonema haqida ham muayyan tushunchalar bo`lgan.
Qadimgi hindlar so`zlarning faqat ma`no
tomonidagina emas, balki tovush tomonida ham o`zgarishlar bo`lishini
bil-ganlar. Shunga ko`ra ular so`zlarning tovush jihatiga alohida e`tibor
berganlar. Tovush haqida, tovushlarning o`zgarishi ha-qida tadqiqot ishlarini
olib borganlar. Shuningdek, qadimgi hindlar tovushlarning fiziologik -
artikulyacion xususiyat-lari, boshqa tovushlar bilan almashinishi, bir
tovushning boshqa tovush ta`siri bilan o`zgarishi (kombinator o`zgarish) kabi
hodisalarni aniqlashga ham e`tibor berganlar. Ular tovushlarning artikulyacion
– fiziologik xususiyatlarini hi-sobga olgan holda tasnif qilganlar. Shu asosda,
yuqorida ay-tilganidek, tovushlarni unli va undoshlarga ajratganlar, nutq
a`zolarining yaqinlashuvidan unlilar, bir-birlariga ta`siridan, ya`ni
tegishidan undoshlar hosil bo`lishini qayd etganlar.
Agar yunon filologlari tovush almashinuvi
masalasiga umuman ahamiyat bermagan bo`lsalar, hind tilshunoslari bu ja-rayonga
alohida e`tibor berganlar, tadqiqot olib borganlar, ayni jarayonning o`ziga
xosliklarini aniqlab berganlar. Qiyoslang: sanskrit tiliga oid so`zlarda,
masalan, vidma so`zi «biz bilamiz» ma`nosini bersa, veda «men bilaman» tushunchasini, vaidyas so`zi esa
«olim», «ilmli» ma`nosini berishini ko`rsatib berganlar. Qayd etilgan ma`no
(tushuncha) o`zgarishlari esa i – e - ai unli tovushlarning almashinuvi
natijasi ekanligi haqida ishonarli, asosli fikrlarni bayon qilganlar.
Qadimgi hind tilshunoslari grammatika -
morfologiya sohasida ham ancha ishlarni amalga oshirdilar. Ular bu yo`nalishda
ham grek tilshunoslaridan ancha o`tib ketdilar. Aniqrog`i, hind tilshunosi Guru
morfologiyaning uch bo`limdan tashkil topishini aniq ko`rsatib beradi va unga
quyidagilarni kiritadi: 1. So`zlar tasnifi (so`z turkumlari). 2. So`z
yasalishi. 3. So`z o`zgarishi.
Hindlar to`rtta so`z turkumini
farqlaganlar: ot,fe`l, old ko`makchi va yuklama.
Hindlarda ot
predmet ifodalovchi, fe`l esa harakat, holat ifodalovchi so`z sifatida
beriladi. Old ko`makchilar esa otlarning, asosan, fe`llarning ma`nosini
belgilaydi. Yukla-malar esa ma`nolariga ko`ra 1) bog`lovchi va 2) qiyoslovchi
kabi turlarga ajratiladi. Olmosh va ravishlar esa ot va fe`l turkumlariga
qo`shib yuborilgan, alohida ajratilmagan.
Yunonlardan farqli holda
hindlar so`z turkumlarini gap bo`laklaridan farqlaganlar, ya`ni ular bilan
qorishtirma-ganlar, adashtirmaganlar. Shunga ko`ra hindlar, yuqorida
aytilganidek, otlarni predmet, fe`llarni harakat ifodalovchi so`z sifatida
«baholaganlar».
Qadimgi hindlar so`zlarni tahlil qilish,
tarkibini o`rganish jarayonida ularni quyidagi bo`laklarga ajratganlar: 1)
o`zak, 2) suffiks, 3) qo`shimcha (turlovchi qo`shimcha). Shuningdek, so`z
yasovchi va so`z o`zgartiruvchi morfemalar farqlangan.
Ovrupo olimlari hind tilshunoslarining
ishlari bilan yaqindan tanishib, so`zlardan o`zak, so`z yasovchi va so`z
o`zgar-tiruvchi morfemalarni ajratishga «kirishganlar».
Hindlar otlarda ettita kelishikni qayd
etganlar: 1) bosh kelishik, 2) qaratqich kelishigi, 3) jo`nalish kelishigi, 4)
tushum kelishigi, 5) qurol kelishigi, 6) chiqish (ablativ) kelishigi, 7) o`rin
kelishigi.
Hind tilshunoslari qo`shma so`zlarning
o`ttizga yaqin turini farqlaganlar. Ular qo`shma so`zlarning tuzilishida
komponentlar orasidagi munosabatlarga e`tibor berganlar. Masalan: ot+ot//fe`l;
sifat// sifatdosh //ravish+ot // sifat//fe`l; son+ot va boshqalar.
Hind grammatikachilari fe`l turkumining morfologik
kategoriyalarini mukammal ishlagan edilar. Ular fe`lning uch zamonga
birlashadigan etti xil zamon formasini: hozirgi zamon, o`tgan zamonning
tugallangan, tugallanmagan, uzoq o`tgan zamon turlarini, kelasi zamon, odatdagi
kelasi zamon va juda kam qo`llaniladigan shart fe`li shaklini ajratganlar.
Hindlar qadimgi davrlardayoq fe`lning
to`rtta maylini - aniqlik, istak, buyruq va shart mayllarini bilganlar.
Fe`lning aniq, o`rta va majhullik
nisbatlari ajratilib, har biri alohida ta`riflangan, tavsiflangan.
Hindlar sanskrit tilida fe`lning uchta
shaxs va uchta son: birlik, juftlik va ko`pliklarga ko`ra tuslanishni
ko`rsat-ganlar.
Hind tilshunoslari fikr ifodalash birligi
bo`lgan gapning muhimligini inkor qilmagan bo`lsalar-da, sintaksis masalalari
bilan maxsus shug`ullanmaganlar. Ular
sintaksisda so`zlarning birikish tartibi, kelishik, zamon va mayl formalarining
birikishi kabi masalalarni o`rganish bilan chegaralanganlar. So`z fikr
ifodalash imkoniyatiga ega emas, ya`ni so`z gapdan tashqari mavjud emas
deb, gapni tilning asosiy birligi
hisoblaganlar.
Xullas, qadimgi hindlar fonetika va morfologiyaga nis-batan sintaksis
masalalarida ancha bo`sh bo`lganlar.
Qadimgi yunon tilshunosligi.
Qadimgi Yunoniston Ovrupo tilshunosligi
fanining markazi hisoblanadi.
Faylasuflar va shoirlar vatani bo`lgan qadimgi
Yunonistonda til masalalari dastavval faylasuflar tomo-nidan o`rganilgan.
Yunon faylasuflari til masalalarini
o`rganish jarayonida tadqiqot muammolarini, yo`nalishlarini ham belgilab
oladilarki, bu yo`nalishlar umumiy, nazariy, lisoniy - falsafiy muammolar
sifatida namoyon bo`ladi.
Qadimgi Yunonistonda tilshunoslik yunon
falsafasining etakchi qismi sifatida yuzaga keladi va bu sohada juda katta,
salmoqli ishlar qilinadi.
Qadimgi Yunonistonda ham qadimgi
Hindistondagidek matnlarni o`rganish, so`zlarni tahlil qilish, ularga izoh
berish, mohiyatini ochish kabi masalalar fonetika, grammatika va leksika
sohalari bilan jiddiy shug`ullanishga, shu yo`na-lishlarda muhim tadqiqot
ishlarini olib borishga sabab bo`ldi.
Yaxshi ma'lumotlar, rahmat
ОтветитьУдалить