UMUMIY TILSHUNOSLIK



     « UMUMIY   TILSHUNOSLIK
«Umumiy tilshunoslik» fani talabalarga nima uchun kerak?

     «Umumiy tilshunoslik» fani, dastavval, talabalarni nazariy jihatdan tayyorlash uchun, ularni shu yo`nalishda puxta, «hushyor» qilish uchun zarur. Nazariy masalalar bilan mukammal qurollangan talabalargina (faqat talabalar emas) tom ma`nodagi filolog - tilshunos sifatida shakllanadi. Shuningdek, ular til hodisalari  tahlilidan ilmiy xulosalar, g`oyalar chiqara oladi, hodisalar mohiyatiga alohida e`tibor beradi, nazariya bilan amaliyotni dialektik munosabatda oladi. Til va nutq birliklarini chuqur o`rganish jarayonida dialektik falsafaning shakl va mazmun, umumiylik va xususiylik, mohiyat va hodisa, sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalari nuqtai nazaridan, shularga asoslangan holda fikr yuritadi, kuzatishlar olib boradi.
     «Umumiy tilshunoslik» fani talabalarning umumlingvis-tik tayyorgarligini, bilim darajasini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, yangi nazariya va faktik materiallar bilan tanishtiradi, mustaqil, ijodiy fikr-mulohaza yuritishga, izchillikka o`rgatadi, nazariy saviyasini yuksaltiradi, ularni ilmiy tadqiqotning, lisoniy tahlilning metodologiyasi va metodikasi bilan qurollantiradi.
     «Umumiy tilshunoslik» fani haqida aytilgan fikrlardan kelib chiqib, ushbu fan bo`yicha rus hamda o`zbek tilshunosligida yaratilgan ishlarga ijodiy yondashgan va ulardan foydalangan holda o`quv qo`llanmasida quyidagi dolzarb massalalarga, aniqrog`i, dastavval, birinchi masalaga to`xtalamiz, fikr yuritamiz. Bular:

1.               Tilshunoslik tarixi.
2.               Tilshunoslikning nazariy masalalari.
3.               Tilshunoslik metodlari.

Комментарии