UMUMIY TILSHUNOSLIK
« UMUMIY TILSHUNOSLIK «Umumiy tilshunoslik» fani talabalarga nima uchun kerak? «Umumiy tilshunoslik» fani, dastavval, talabalarni nazariy jihatdan tayyorlash uchun, ularni shu yo`nalishda puxta, «hushyor» qilish uchun zarur. Nazariy masalalar bilan mukammal qurollangan talabalargina (faqat talabalar emas) tom ma`nodagi filolog - tilshunos sifatida shakllanadi. Shuningdek, ular til hodisalari tahlilidan ilmiy xulosalar, g`oyalar chiqara oladi, hodisalar mohiyatiga alohida e`tibor beradi, nazariya bilan amaliyotni dialektik munosabatda oladi. Til va nutq birliklarini chuqur o`rganish jarayonida dialektik falsafaning shakl va mazmun, umumiylik va xususiylik, mohiyat va hodisa, sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalari nuqtai nazaridan, shularga asoslangan holda fikr yuritadi, kuzatishlar olib boradi. «Umumiy tilshunoslik» fani talabalarning umumlingvis-tik tayyorgarl...